Bilimni baholash agentligi 2024−2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar berdi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

  • test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
  • hududga kirish joylari;
  • test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
  • test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
  • bino raqami;
  • test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
  • joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolarni havola orqali kirib ko‘rish imkoniyati bor.

Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Shuningdek, “Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.