Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (TKXU) 2024-yil uchinchi bor bitiruvchilarni katta hayotga kuzatmoqda. Bu yilgi bitiruv marosimida Namangan va Samarqand shaharlaridagi filiallardan ham talabalar ishtirok etdi, shu jumladan, Samarqand filialidan ilk magistr va bakalavr yo‘nalishining bitiruvchilari tashrif buyurdi.

reklama

Universitetning ilk talabalari 2018−2019 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan edi va bugungi kunda ko‘plab iqtidorli talabalar universitet va davlat tomonidan ta’sis qilingan grantlarga ega bo‘lgan. Talabalar Janubiy Koreya, Bolgariya, Latviya kabi davlatlardagi hamkor universitetlarning qo‘shma dasturlarida ta’lim olib qaytdi, Italiya hamda Xitoyda malaka oshirdi. 2024-yil Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 250 nafar talaba imtiyozli diplom, 1320 nafar talaba esa ko‘k diplom bilan bakalavr dasturini muvaffaqiyatli yakunladi. Bundan tashqari, 88 nafar talaba magistratura yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomladi.

reklama

TKXU doimiy ravishda ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga intilmoqda. Endilikda universitet nafaqat bakalavr, balki magistratura, mustaqil tadqiqot va doktorantura kabi ta’lim yo‘nalishlarini ham kengaytirmoqda.

reklama

TKXU talabalari qo‘shma dasturlar asosida bir qator davlatlarda muvaffaqiyatli o‘qidi va o‘z sohalarida yuqori natijalarga erishdi. Bu ularning kelajakda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk mutaxassislardan biri bo‘lib yetishishiga asos yaratdi.

reklama

Quvonarlisi, TKXUning 78 foiz bitiruvchilari oliygohni tugatishi bilanoq ish bilan ta’minlandi. Ular milliy va xalqaro kompaniyalarda, shuningdek, davlat muassasalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Bu esa TKXU ta’lim sifatining yuqori ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Universitet rahbariyati bitiruvchilarning muvaffaqiyatlarida ota-onalarning ham ulkan hissasi borligini ta’kidlab, ularga cheksiz minnatdorchilik bildiradi. Universitet professor-o‘qituvchilari va barcha jamoasi o‘z bitiruvchilari bilan faxrlanadi hamda ularning kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat va omad tilab qoladi.

Telefonы: (+998) 78−129−40−40 (ichki raqam — 1).

Sayt: kiut.uz
Facebook: fb.com/kiut.uz
Instagram: @kiut.uz_rasmiy
Telegram: t.me/kiut_official
YouTube: Kimyo International University In Tashkent

Reklama huquqlari asosida.