Dollardagi eng daromadli omonatlar. 2024-yil iyul oyi bo‘yicha
Mavjud 35ta bankdan 26tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 9%ni tashkil qilmoqda.
Xorijdagi o‘zimiznikilar: Germaniyaning Cybervize dasturchisi Ibrohimjon Maxamadaliyev hikoyasi
Ibrohimning dasturlashga kirib kelishi oson bo‘lmagan, sohani o‘zlashtirishdagi, xorijga ketishdagi muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan IT-mutaxassisi bo‘la oldi. U Germaniyadagi ta’lim, Cybervize’ga qanday suhbatdan o‘tgani, mamlakatdagi xarajatlar va imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
Elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 1-avgustdan ishga tushiriladi
Hozirda mazkur tizim sinov tarzida Yakkasaroy tumanida joriy etilgan. Bundan tashqari, uning mobil ilovasini ham ishlab chiqish belgilangan.
O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida elektr energiyasi hisobi yuritiladi
Mamlakatda elektromobillarni quvvatlash uskunalari uchun alohida hisoblagich o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Mazkur tartib joriy yildan yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Haftaning asosiy yangiliklari
- O‘zbekistonda ekologik stiker berish muddatiga o‘zgartirish kiritildi.
Mazkur tizim 1-iyundan boshlanishi kerak edi. Uning doirasida hududlar va avtomobillar toza, o‘rta va zararli ekologik zona va toifalarga ajratilishi belgilangan. - Texnikum bitiruvchilari suhbat asosida OTMlarning 2-bosqichiga qabul qilinmoqda.
Arizalarni 25-iyulgacha my.edu.uz sayti orqali jo‘natish mumkin. Bunda nomzodlar uchun belgilangan talablar mavjud. - O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari biroz kamaydi.
Iyun oyida mamlakat zaxiralari qariyb $300 mlnga pasayib, $36,3 mlrdni tashkil etdi. - “200 kVt soat limitni oshirishga asos mavjud emas” — Energetika vazirligi.
Qayd etilishicha, o‘tgan oyda 71% aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan. Shu sababli, elektr energiyasi iste’moli uchun belgilangan limit oshirilmaydi. - 15-iyuldan aksariyat poyezdlar qatnovi Toshkent Janubiy vokzalidan amalga oshiriladi.
Toshkent-Markaziy vokzalidan yo‘lovchilarni Janubiy vokzalga olib boruvchi bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi. - Toshkentda fuqarolar plastigidan 189 mlrd so‘mni o‘g‘rilamoqchi bo‘lganlar ushlandi.
Jinoyatchilar mazkur qiymatdagi mablag‘larni chet el valyutasiga konvertatsiya qilishga va offshor hududlar orqali xorijdagi hisob raqamiga o‘tkazishga uringan. - Iyun oyida Toshkentda uy-joy narxlari qanday bo‘ldi?
Poytaxtda ijara narxlari 1,2%ga pasaydi. Biroq ikkilamchi uy-joy narxlarida biroz o‘sish qayd etildi. - BYD O‘zbekistonda avtomobillarning budjet modellarini ishlab chiqaradi.
Xitoy kompaniyasi bilan mamlakatda V, S va budjet avtomobillari segmentidagi avtomobillar ishlab chiqarishga kelishildi. - O‘zbekistonda ijtimoiy karta tizimi qanday joriy etiladi?
150ga yaqin ijtimoiy xizmat va yordamlar hamda 200ga yaqin imtiyozlar yagona elektron tizimga biriktiriladi. - Avtomobillarni qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati kamaytirildi.
Endi ishonchnomani elektron rasmiylashtirishda mavjud qarzdorlik axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
Balton Trading Asia: “So‘nggi mil” logistikasi yoki 3PL O‘zbekistonda qanday ishlaydi?
O‘zbekistondagi yetakchi distribyutorlik kompaniyalaridan biri Balton Trading Asia vakillari 3PL xizmatlari va ularning afzalliklari haqida so‘zlab berdi, shuningdek, 18 ming kvadrat metr maydonda “A+” toifadagi respublikada yagona “yashil” omborni taqdim etdi.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 2024-yilgi bitiruvchilari diplomlarini tantanali ravishda qo‘lga kiritdi. Marosimda Namangan va Samarqanddagi filiallardan ham talabalar ishtirok etdi.