Toshkent viloyatida 3ta yuridik iste’molchining shartnoma va loyiha hujjatlarisiz gaz tarmog‘iga ulanishi natijasida 688 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatda o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Unda iste’molchilarning shartnoma va loyiha hujjatlarisiz o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan, Chinoz tumanida joylashgan Neftni qayta ishlash zavodi (271,1 mln so‘m), Zangiota tumanida joylashgan “Sh.-B. A.” fermer xo‘jaligi (209,6 mln so‘m) hamda O‘rta Chirchiq tumanida fuqaro M.A. ga qarashli fermer xo‘jaligi (208 mln so‘m) tomonidan jami 688 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Avvalroq “Spot” olti oyda 550 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

O‘tgan davrda 163,3 mln metr kub tabiiy gaz va 220,7 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Kripto aktiv va mayning faoliyati bo‘yicha aniqlangan 75ta holat bo‘yicha elektr ta’minoti korxonasi tomonidan jami 81,6 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilindi: