E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
2024-yil iyul oyi holatiga ko‘ra, 26ta bank mikrokreditlar bermoqda.
Ular bir yildan besh yilgacha muddatga, 5 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha berilishi mumkin.
Ayrim banklar bank mijozlari uchun pasaytirilgan foizda mikroqarzlar beradi.
2024-yil 28-fevral kuni prezident ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish va aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Hujjat bilan, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida"gi qonunning 5-moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Unga asosan, aholiga ajratiladigan mikroqarzlar miqdori 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mga oshirildi.
Hozirda “Agrobank”, “Anorbank”, “Asia Alliance Bank”, “Biznesni rivojlantirish banki”, “Garantbank”, “Davrbank”, “Hamkorbank”, “InfinBank”, “Ipak yo‘li banki”, “Mada Invest Bank”, “Mikrokreditbank”, “Poytaxtbank”, “TBC Bank”, “Trastbank”, “Universalbank”, “Xalq banki”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zmilliybank” va “Ziraat Bank Uzbekistan” 100 mln so‘mgacha mikroqarz taklif qilmoqda.
Bundan tashqari, “Trastbank” 150 mln so‘mgacha, “Turonbank” esa 300 mln so‘mgacha mikroqarz taklif qiladi.
Banklar mikrokreditlarni onlayn va oflayn rejimda berishadi. Masofadan berishda kredit bankning mobil ilovasida rasmiylashtiriladi va mijozning virtual yoki jismoniy kartasiga o‘tkaziladi.
Shuningdek, agar xohlasa, qarz oluvchi bankka tashrif buyurib, naqd pulda yoki bank tomonidan chiqarilgan kartada pul olishi mumkin.
Kredit uchun garov sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
- uchinchi tomon kafolati;
- sug‘urta polisi;
- likvid garov — transport vositalari, ko‘chmas mulk, zargarlik buyumlari.
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan asosiy talablar — ijobiy kredit tarixi va hozirgi ish joyida kamida olti oy ish tajribasi.
Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar bank veb-saytlaridan va “Telegram” kanallaridan olingan.
Bank nomi | Foiz stavkasi | Muddati | Maksimal miqdori | Berish shakli |
Asakabank | 30% | 3 yilgacha | 50 mln so‘mgacha | naqd / bank kartasiga |
Agrobank | 27,9% | 2 yil | 30 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
32%-34% | 2 yildan 4 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | ||
Aloqabank | 28%-32% | 3 oydan 3 yilgacha | 50 mln so‘mgacha | online |
Anorbank | 34% | 3 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | online |
44% | ||||
Asia Alliance Bank | 27,99%-32% | 3 yilgacha | 15 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
27,99%-44% | 1 yildan 5 yilgacha | |||
100 mln so‘mgacha | ||||
Biznesni rivojlantirish banki | 26%-29% | 4 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | naqd / bank kartasiga |
Garantbank | 32% | 2 yil | 30 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
30 oy | 100 mln so‘mgacha | |||
40 mln so‘mgacha | ||||
18 oy | 50 mln so‘mgacha | |||
1 yil | 5 mln so‘mgacha | |||
23%*** | 3 yil | 10 mln so‘mgacha | ||
Davrbank | 48% | 4 yilgacha | 50 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
33% | 5 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | ||
Hamkorbank | 32%-40% | 3 oydan 3 yilgacha | 50 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
1 yildan 3 yilgacha**** | 100 mln so‘mgacha | |||
InfinBank | 29,99% | 18 oydan 3 yilgacha | 20 mln so‘mdan 50 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
34,99%-47,99% | ||||
26,99−32,99%* | 9 oydan 3 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | ||
Ipak yo‘li banki | 30,9%-40,9% | 1 yildan 3 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
26,9%-29,9% | 50 mln so‘mgacha | |||
24,9%-27,9% | 1 yildan 5 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | ||
1 yildan 3 yilgacha***** | ||||
31,9% | 1 yilga | 10 mln so‘mgacha | ||
Ipotekabank | 31,9%-37,9% | 3 yilgacha | 50 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
Kapitalbank | 40% | 5 yilgacha | 50 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
Madad Invest Bank | 31,9% | 6 oydan 3 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | naqd / bank kartasiga |
Mikrokreditbank | 28%-32% | 1 yildan 5 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | naqd / bank kartasiga |
Orient Finans Bank | 24,9% | 18 oy | 20 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
25 mln so‘mgacha | ||||
2 yil | 25 mln so‘mgacha | |||
25,9% | 2 yil | |||
34% | 50 mln so‘mgacha | |||
3 yilgacha | ||||
Poytaxt bank | 25%-30% | 1 yildan 3 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
TBC Bank | 28% | 3 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
Tenge Bank | 31,9% | 2 yilgacha | 30 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
35,9% | 50 mln so‘mgacha | |||
Trastbank | 28%-30% | 1 yildan 3 yilgacha* | 50 mln so‘mgacha | naqd / bank kartasiga |
150 mln so‘mgacha | ||||
1 yildan 5 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | |||
24%-26%** | ||||
28%-30% | 50 mln so‘m | |||
32% | 1 yil | |||
bank kartasiga | ||||
Turonbank | 33% | 2 yil | 33 mln so‘mgacha | naqd / bank kartasiga |
29% | 3 yil | 50 mln so‘mgacha | ||
29% | 4 yil | 50 mln so‘mgacha | ||
27% | 4 yil | |||
27,99%* | 3 yil | 300 mln | ||
27,99% | 3,5 yil | 50 mln so‘mgacha | ||
Universalbank | 34%**-36% | 3 yil | 100 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
O‘zsanoatqurilishbank | 29% | 3 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | online |
O‘zmilliybank | 27%-28% | 2 yildan 3 yilgacha | 30 mln so‘mgacha | naqd / bank kartasiga |
25%-29% | 100 mln so‘mgacha | |||
Xalq banki | 25%-30%** | 4 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | online |
27%-32% | ||||
Ziraat Bank Uzbekistan | 27,5%-28,5% | 1 yildan 3 yilgacha | 100 mln so‘mgacha | bank kartasiga |
*O‘z-o‘zini band qilganlar uchun.
**Bank mijozi bo‘lganda.
***Talabalar uchun.
****Ta’minotli mikroqarzlar uchun foiz stavkasi 27,99%dan 32%gacha bo‘ladi.
*****Maosh loyihasiga ega bo‘lganlar uchun.