IT-sohasi bo‘yicha “Women in Tech CCA” mukofoti uchun arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “Women in Tech” hamjamiyati matbuot xizmati “Spot"ga ma’lum qildi.
Loyiha uchinchi marotaba o‘tkazilib, uning doirasida mukofot Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillariga topshiriladi.
Joriy yilgi marosim birinchi marta Toshkentda bo‘lib o‘tadi hamda taqdirlash 20-oktabrga belgilangan.
Mukofotlar quyidagi 9 toifadan biri bo‘yicha beriladi:
- Aspiring Teen Award (Istiqbolli yoshlar);
- Most Disruptive Award (Eng katta yutuq);
- Best Ally Award (Eng yaxshi ittifoqchi)
- Most Impactful Initiative Award (Eng ta’sirli tashabbus);
- Woman in Web3 Award (Web3 sohasidagi ayollar);
- Tech Diplomacy Award (Texnologik diplomatiya);
- Greentech Start-Up Award (“Yashil” texnologiyalar);
- Global Leadership Award (Global yetakchilik);
- Lifetime Achievement Award (Muvaffaqiyat).
Nomzodlar arizalarini “Women in Tech Awards” sayti orqali joriy yilning 31-iyuligacha jo‘natishlari mumkin.
Ariza to‘ldirishda Caucasus and Central Asia mintaqasini ko‘rsatish va nomzodlik uchun tegishli toifani tanlash zarur.
Bundan tashqari, ariza beruvchilar o‘zlari yoki boshqa nomzodlarni ko‘rsatishlari mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Mintaqaviy mukofotlarning eng yaxshi loyihalari joriy yilning noyabr oyida Bokuda o‘tkaziladigan “Women in Tech” global tanlovida ishtirok etishi mumkin.
Avvalroq “President Tech Award” tanlovining ikkinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Umumiy jamg‘armasi $1 mlnni tashkil etuvchi tanlovda 30 yoshgacha bo‘lganlar 5ta yo‘nalish bo‘yicha jamoaviy ishtirok etishlari mumkin.