Markaziy bank bitta to‘lov tashkiloti va to‘lov tizimining litsenziyasini chaqirib oldi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator qaroriga muvofiq, “MILLIY POCHTA TO‘LOVLARI” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya hamda “QULAY PUL” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga to‘lov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya ushbu jamiyatlarning arizasiga asosan chaqirib olindi.

2023-yil sentabr oyida Markaziy bank 4ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini chaqirib olgandi.

Unga ko‘ra, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi qonunning 25-moddasiga muvofiq, Markaziy bank boshqaruvining qarorlariga asosan, “Ozinterpay”, “Interpay Sys”, “Woopay UZ” hamda “Venkon Group” to‘lov tashkilotlarining litsenziyalari bekor qilindi.

Qayd etilishicha, to‘lov tashkilotlarining ustav kapitali qonunchilik talablariga muvofiq shakllantirilmaganligi sabab, faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari chaqirib olingan hamda to‘lov tashkilotlari reyestridan chiqarilgan.


Avvalroq “Spot” Markaziy bank 11ta bankka nisbatan jarima sanksiyasini qo‘llagani haqida yozgandi.

Shu bilan birga, iyun oyida mikromoliya tashkiloti va lombardga nisbatan ham sanksiya qo‘llanilgan.

Bunga o‘rnatilgan talablarga amal qilinmaganligi, ma’lumotlardagi noaniqliklar hamda qoidabuzarliklar sabab bo‘lgan.