Uzum Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (UNDP) bilan hamkorlik memorandumini imzolagan O‘zbekistondagi ilk milliy IT kompaniyalaridan biri bo‘ldi. Hamkorlik doirasida Uzum va BMTTD mutaxassislari mamlakat bo‘ylab aholining himoyalanmagan qatlamlari vakillariga moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik asoslarini o‘rgatadi.

O‘zbekistonda raqamli moliyaviy xizmatlar va onlayn savdoning faol o‘sishiga qaramay, bank va moliyaviy xizmatlarning kirib borishi va raqamli savodxonlik darajasi o‘sish nuqtalari bo‘lib qolmoqda — ayniqsa, mamlakatning chekka hududlarida va kichik aholi punktlarida. O‘zbekistonda raqamli platformalarning rivojlanishi va internet kirib kelishining yuqori ulushi tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi kunda Uzum Market`da butun mamlakat bo‘ylab 10 mingdan ortiq kompaniya va tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini sotmoqda, ularning 30 foizdan ortig‘i ayollardir.

Uzum va BMTTD ishsizlar, ayniqsa, ayollar va yoshlar o‘rtasida raqamli va moliyaviy ko‘nikmalar yetishmovchiligi muammosini hal qilishda umumiy manfaatlarga ega. Qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish va Uzum raqamli va logistika infratuzilmasidan butun mamlakat bo‘ylab foydalanish mamlakatda bandlik o‘sishi va tadbirkorlikni rivojlantirishning omillaridan biri bo‘ladi.

“Biz raqamli savodxonlik va biznes yuritish asoslarini o‘rgatishga va ushbu ko‘nikmalarni amalga oshirish uchun qulay va tushunarli xizmatlarni taqdim etishga tayyormiz. Moliyaviy xizmatlar, marketpleys, xususiy foydalanuvchilar va tadbirkorlar uchun qulay bank vositalarini ishlab chiqish orqali biz, avvalo, mamlakatning barcha aholisi — erkaklar va ayollar, poytaxt va kichik qishloqlar aholisi uchun teng imkoniyatlar yaratmoqdamiz. Aynan shu tamoyil BMTTDdagi hamkasblarimiz va meni qo‘shma loyihada birlashishga undadi”, — deya izoh berdi Uzum operatsion direktori Roman Lavrentiyev.

reklama, uzum

“Bizning umumiy maqsadimiz — ishsizlar o‘rtasida raqamli va moliyaviy ko‘nikmalarning yetishmasligini bartaraf etish va shunga oid tushunchalarni shakllantirib, bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan tuzilmani yaratishdir. Ushbu tashabbus ayollar va yoshlarga zamonaviy dunyoda zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni beradi. Bu esa ularning mehnat bozorida imkoniyatlarini kengaytiradi. Biz Uzum`ni istiqbolli salohiyatga ega uzoq muddatli hamkor sifatida ko‘ramiz. Ushbu ekotizimning mamlakat iqtisodiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi allaqachon sezilib turibdi. Masalan, sarmoyadorlar tomonidan Uzum`ning tanlanishi barqaror hamkorlikka ishonch bag‘ishlaydi va hozirda ekotizim O‘zbekistondagi birinchi va yagona hisoblanadi”, — dedi BMTTD O‘zbekistondagi doimiy vakili Anas Karman.

Tomonlar elektron tijorat uchun asosiy moliyaviy savodxonlikka yo‘naltirilgan keng qamrovli o‘quv materiallarini ishlab chiqishga, shuningdek, mamlakat aholisi tomonidan ko‘nikmalarni samarali tarqatish va o‘zlashtirishni ta’minlash uchun hududlarda seminarlar va treninglar o‘tkazishga kelishib oldi.

BMTTD O‘zbekistonga qashshoqlikni yo‘q qilish, tengsizlikni kamaytirish, raqamli tafovutlarni bartaraf etish va inklyuzivlik darajasini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarda yordam berishga sodiqdir.

Facebook: fb.com/uzummarket
Instagram: @uzum.market
Telegram: t.me/uzum_market

Reklama huquqlari asosida.