“X” ijtimoiy tarmog‘i (avvalgi Twitter) yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda, deya xabar berdi “TechCrunch” nashri.
Bu platforma foydalanuvchilariga postlardagi izohlarga yoqmadi belgisi bilan javob berish imkonini beradi.
Foydalanuvchiga yoqmagan javoblar singan yurak shaklida maxsus belgi bilan belgilanishi mumkin. Ma’lumotni “Techcrunch” iOS uchun ilova kodida topdi.
https://twitter.com/aaronp613/status/1811493040055275554?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1811493040055275554%7Ctwgr%5E16596978d4e99db5b1f74622b8f5877a33493bb9%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Ftechcrunch.com%2F2024%2F07%2F11%2Fx-is-building-a-dislike-button-for-downvoting-replies%2F
Tarmoq 2021-yildan beri funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda — keyin kompaniya “Yoqmadi” tugmachasini to‘liq miqyosda joriy etish rejalarini rad etdi.
Sinov 2022-yilda kengaytirildi, biroq Ilon Mask “Twitter"ni sotib olib, keyinchalik uning nomini “X” deb o‘zgartirgani uchun yoqtirmaslik funksiyasi holati haqida xabar berilmagan.
“Techcrunch” ma’lumotlariga ko‘ra, joriy shaklda faqat sharhlarga “dizlayk” qo‘yish mumkin bo‘ladi va “Reddit"da joriy qilinganidek, reyting pasaymaydi.
Yirik ijtimoiy tarmoqlar orasida hozir “TikTok"da “yoqmadi” tugmasi mavjud. 2018-yilda “Meta” yoqtirmaslik qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi, ammo funktsiya keyin ishga tushirilmagan.
Avvalroq “Spot” “X” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarga ularning qiziqishlariga qarab qisqa va uzunroq videolarni taqdim etadigan funksiyani ishga tushirishga tayyorlanayotgani haqida yozgandi.
Beta versiyasi 2024-yil avgust oyida tanlangan foydalanuvchilar guruhiga taqdim etilishi kutilmoqda.