“Xiaomi” “HyperOS"da foydalanuvchilarga bir marta bosish orqali tizim ilovalaridagi reklamalarni osongina o‘chirib qo‘yish imkonini beruvchi yangi xususiyatni taqdim etmoqda.

“SmartPrix” tomonidan oshkor qilingan xususiyat sozlamalardagi “Tizim ilovalaridagi reklamalar” deb nomlangan yangi bo‘lim orqali mavjud bo‘ladi.

Yangi funksiya foydalanuvchilarga reklama ustidan ko‘proq nazorat qilish imkonini beradi, bu esa ularni barcha tizim ilovalarida tez va oson o‘chirish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, bu chalkashlik va vaqt talab qiladigan joriy jarayonga nisbatan sezilarli yaxshilanish hisoblanadi.

Yangi funksiya yordamida foydalanuvchilar bir marta bosish orqali reklamalarni o‘chirib, telefonning foydalanuvchi interfeysi boshqaruvini qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi.

“Xiaomi” qurilmalarida, shu jumladan smartfonlarda reklama — Xitoy korporatsiyasi biznes modelining xususiyati hisoblanadi.

“SmartPrix” mutaxassislarining tushuntirishicha, kompaniya o‘z qurilmalari uchun narxlarni past darajada ushlab turadi, lekin foydalanuvchilarga reklama ko‘rsatish orqali daromad oladi.

Yangilanishning aniq chiqarilish sanasi hali e’lon qilinmagan, ammo u “HyperOS” yangilanishi bilan bir vaqtda 2.0 versiyasiga chiqarilishi kutilmoqda.


Avvalroq “Spot” “Xiaomi” Pekinda odamlarsiz smartfon yig‘uvchi zavodini ochishi haqida yozgandi.

Zavod kuniga 24 soat ishlaydi va yiliga 10 mln flagman smartfon ishlab chiqaradi. Mahsulotlar sifati mustaqil ravishda ishlab chiqilgan aqlli mashinalar tomonidan nazorat qilinadi.

Qayd etilishicha, zavoddagi robotlar har soniyada bitta smartfon ishlab chiqara oladi