O‘zbekistonda birinchi mahalliy zirhli transportyor “Arslon” ishlab chiqarildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabarida ma’lum qilingan.
Qurolli kuchlar tez orada yangi rusumdagi mazkur zirhli transportyori hamda takomillashtirilgan taktik va texnik xususiyatlariga ega “Tarlon-M” yengil zirhli avtomashinasining modernizatsiya qilingan versiyasiga ega bo‘ladi.
Mahalliy zirhli transportyor yangi jangovar modulga ega bo‘lib, kecha-yu kunduz eng yaxshi tartib va yuqori darajadagi himoyani amalga oshira oladi.
Sakkiz g‘ildirakli “Arslon"ning old qismi 6-sinf himoya darajasiga, yon va orqa qismlari esa 4-sinf himoya darajasiga egadir. Zirhli transportyorning og‘irligi 32−35 tonnani tashkil etadi. U 1uchta ekipaj a’zosi va sakkizta desant qo‘shinlaridan iborat 11 kishini olib yurishi mumkin.
Minalar himoyasi 10 kg trotil ekvivalentini tashkil qiladi. Qolgan taktik va texnik xususiyatlar ochiqlanmagan. “Krantas Group” xususiy ishlab chiqarish kompaniyasi vakili Akmal Karimov “Arslon” zirhli transportyor NATO standartlariga muvofiq ishlab chiqilganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston qurolli kuchlari “Tarlon-M” yengil zirhli avtomashinasining to‘rtinchi versiyasini ham qamrab oladi.
Zirhli mashina yopiq raqamli aloqa vositalari va sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi hamda mahalliy jangovar modul bilan jihozlangan. Jangovar avtomobil zavod sinovlari yakunlanib, hozirda harbiy sinovlar boshlandi.
2021-yilning yanvarida “Krantas Group” va To‘tepa metall konstruksiyalar zavodi (Krantas Group"ning shuba korxonasi) tomonidan Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida harbiy va maxsus texnika ishlab chiqarishni tashkil etish rejalari ma’lum qilindi.
Jumladan, yengil zirhli texnikalar, tankerlar, yuk mashinalari, traktorlar, chiqindi tashuvchi, qor tozalash va boshqa texnikalar ishlab chiqarish rejalashtirilgandi. Prezidentga taqdim etilgan investisiya loyihasi $55 mlnga baholangan.
Avvalroq Ichki ishlar organlari faoliyatida dronlardan foydalanish joriy etilishi haqida xabar berilgandi. Bu favqulodda vaziyat haqida tezkor ma’lumot olish va qisqa fursatlarda bartaraf etish imkonini beradi.