“Google” neyron tarmoqlardan foydalangan holda qisqa vaqt ichida video taqdimotlar yaratishi mumkin bo‘lgan yangi “Vids” ilovasini taqdim etdi.

U “Workspace Labs” platformasida ishlatilishi mumkin, kompaniya video kontentni yaratish “PowerPoint"da slaydlar yaratish kabi oson bo‘lishini qayd etdi.

“Vids” slaydlar, hujjatlar, videolar va audio yozuvlarni birlashtira oladi. Kerakli fayllar taqdimot videolarini yaratish uchun vaqt jadvaliga joylashtirilishi, kelajakda ular hamkasblarga yuborilishi mumkin.

Foydalanuvchilar andozalar yordamida qo‘lda video yaratishi, so‘ngra stok videolari va fotosuratlari kutubxonasidan fayllar qo‘shishi mumkin bo‘ladi.

“Gemini” shuningdek, chiroyli video yaratish uchun materiallarni mustaqil ravishda tartibga solishi, fond materiallarini qo‘shishi va hatto sun’iy intellekt ovozi bilan ishlashi mumkin.


“The Verge” eslatganidek, “Vids” ilovasi “OpenAI"ning “Sora” neyron tarmog‘i kabi video generator emas, u faqat mavjud fayllarni bitta videoga jamlaydi.

Avvalroq “Google” yakka o‘zi va jamoada video yaratish uchun mo‘ljallangan yangi “Vids” vositasini taqdim etgandi.

U har bir bosqichda oddiy va tushunarli maslahatlar berib, foydalanuvchiga imkon qadar ko‘proq video yaratishga yordam beradi.

Yangi xizmat boshqa “Google Workspace” ilovalari kabi “Docs"ni eslatadi, bu sizga boshqa odamlar bilan videolarni tahrirlash imkonini beradi.


Avvalroq “Spot” “Google” fotosuratlarni tahrirlash uchun bepul vositalarni taqdim qilgani haqida yozgandi.

Ular orqali fotosuratdan keraksiz narsalarni olib tashlash, aniqlikni oshirish va fotosuratdagi yorug‘lik manbasini o‘zgartirish mumkin.