“Apple” iOS 18'ga yangi xususiyatni qo‘shdi, deya xabar bermoqda “9to5mac” nashri.

Yangi funksiya yordamida foydalanuvchilar yo‘qolgan yoki shikastlangan fotosuratlar va videolarni qayta tiklashlari mumkin.

Shikastlangan fotosuratlar va videolarni tiklash funksiyasi iPadOS 18 va macOS Sequoia’da ham mavjud bo‘ladi.

Qayta tiklangan albom faqat qayta tiklash uchun mos fayllar mavjud bo‘lsa paydo bo‘ladi va yaqinda o‘chirilgan albom bilan bir vaqtda mavjud bo‘ladi.

Qurilmani iOS 18, iPadOS 18 va macOS Sequoia’ga yangilanganda, u qayta tiklanadigan video va fotosuratlarni avtomatik ravishda tekshiradi.

“Apple"ning ta’kidlashicha, bu funksiya avval yo‘qolgan yoki shikastlangan surat va videolarni aniqlashi va topishi hamda ularni “Photos” ilovasidagi yangi “Qayta tiklangan” albomida ko‘rsatishi mumkin.


Avvalroq “Spot” iOS 18'da sun’iy yo‘ldosh orqali xabar yuborish funksiyasi taqdim etilgani haqida yozgandi.

Funksiya uyali aloqa tarmoqlari va Wi-Fi tarmog‘idan tashqarida bo‘lganda xabarlarni yuborish va qabul qilish imkonini beradi.