“O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkentdan Buxoroga qo‘shimcha poyezd harakatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
778/777-sonli Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati 2024-yilning 23-avgustidan boshlanib, haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari harakatlanadi.
Poyezd jadvali quyidagicha:
778-sonli “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi
- Toshkent 6:59 — Buxoro 11:05.
777-sonli “Buxoro — Toshkent” yo‘nalishi
- Buxoro 16:12 — Toshkent 20:20.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.
Bundan tashqari, 18-iyuldan 730/729-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezd “Quva” bekatida 2 daqiqa to‘xtab o‘tishi yo‘lga qo‘yildi. Prezident Transport vazirligiga bu bo‘yicha topshiriq bergandi.
Joriy yilning 15-iyulidan 15-avgustigacha “To‘qimachi” hamda “Toshkent yo‘lovchi” bekatlari oralig‘idagi temir yo‘lda texnik ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab, Toshkent-Markaziy vokzalidan amalga oshiriluvchi aksariyat poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanadi.