Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi uchun $2465 bo‘lib turibdi.
Kecha, 17-iyun kuni narx $2483gacha chiqib, tarixiy rekord ko‘rsatkichni yangiladi.
Xabar nashr qilinayoygan vaqtda “Trading Economics"da oltin narxi $2464,72ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Markaziy bankining 18-iyul kuni bo‘yicha bergan ma’lumotida oltin quymalarning 1 grammi uchun narx 1 mln 33 ming 800 so‘mgacha yuqoriladi.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln 169 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 10 mln 337 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 20 mln 675 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 51 mln 687 ming so‘mni tashkil qiladi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari biroz kamaygani haqida yozgandi.
Iyun oyida mamlakat zaxiralari qariyb $300 mlnga pasayib, $36,3 mlrdni tashkil etdi.