Yevropa komissiyasi “Google” va “Samsung” o‘rtasidagi “Galaxy S24” smartfonlariga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha kelishuv bo‘yicha tekshiruv boshladi, deya xabar bermoqda “Reuters”.
Yanvar oyida e’lon qilingan kelishuvga ko‘ra, “Google” kompaniyasining “Gemini” sun’iy intellekt modeli “Samsung” smartfonlariga o‘rnatiladi.
Endi “Eslatmalar”, “Ovoz yozuvchisi va “Klaviatura” ilovalari ovozli transkripsiya, matnni tahrirlash va imlo tekshirish uchun “Google Gemini Pro” bulut modelidan, “Xabarlar"da matn va emoji yaratish uchun “Gemini Nano"dan foydalanadi.
Ushbu haftada komissiya bozor ishtirokchilariga shartnomaning raqobatga ta’siri bo‘yicha savollar yubordi. So‘rovdan maqsad bitim boshqa sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanishni va ularning “Samsung qurilmalaridagi ilovalar bilan o‘zaro ta’sirini cheklaydimi yoki yo‘qligini aniqlashdan iborat.
“Biz ko‘rib turgan tahdid shundaki, yirik texnologiya kompaniyalari kichik asosiy ishlab chiquvchilar uchun oxirgi foydalanuvchilarga erishishni qiyinlashtirishi mumkin”, dedi Yevropa Ittifoqining raqobat bo‘yicha rahbari Margrete Vestager.
So‘rovnomada “Gemini” oldindan o‘rnatilishi boshqa sun’iy intellektlar tizimlarini o‘rnatish va ularning boshqa ilovalar bilan o‘zaro ta’sirini cheklaydimi yoki yo‘qmi degan savollar mavjud.
So‘rov ishtirokchilaridan, shuningdek, qurilma ishlab chiqaruvchilari bilan bitimlar tuza olmagan holatlar va nosozlik sabablarini tavsiflash so‘ralgan.
Hozircha Yevrokomissiya tomonidan tergovning boshlanishi yoki natijalari haqida rasmiy bayonot berilmagan. Bozor ishtirokchilari hafta oxirigacha sakkiz betlik so‘rovga javob berishlari kerak.
Bu komissiyaning texnologiya gigantlarini birinchi marta tekshirishi emas.
Monopoliyaga qarshi idoralar “Apple” uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilariga iPhone’da “NFC” texnologiyasidan foydalanish imkoniyatini berishdan bosh tortganida kompaniya raqobatni buzayotganini aniqladi.
Bu raqobatni cheklash deb hisoblangan va yillik tovar aylanmasining 10%i miqdorida jarima solinmaslik uchun “Apple” uchinchi kompaniyalarga o‘z texnologiyalaridan bepul foydalanish imkonini bergan.
Shu yilning mart oyida kompaniya musiqa bozoridagi hukmron mavqeini suiiste’mol qilganlikda ham aybdor deb topildi. Yevropa komissiyasi “Spotify” shikoyatidan so‘ng “Apple"ni 1,8 mlrd yevro jarimaga tortdi.