“TBC Uzbekistan” Konstantin Kruglovni sun’iy intellekt bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinladi. Bu haqda “Spot"ga bank matbuot xizmati xabar berdi.
Texnologiya sohasida 25 yildan ortiq tajribaga ega, shu jumladan sun’iy intellekt sohasida 10 yillik tajribaga ega Kruglov kompaniyaning sun’iy intellekt strategiyasini boshqaradi.
“Bizning maqsadimiz — sun’iy intellektga asoslangan raqamli bank ekotizimini qurish, uning asosiy elementlari dastlabki bosqichda o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlaydigan virtual yordamchi bo‘ladi”, — dedi Kruglov.
Konstantin ilgari Yevropa, Buyuk Britaniya va AQShning boshlang‘ich va yirik texnologik kompaniyalarida ishlagan.
Faoliyatining boshida u “Deutsche bank"da aksiyalarnii tahlil qilish va algoritmik savdo uchun yirik tizimlarni ishlab chiqishga rahbarlik qildi.
Keyinchalik “Yandex” kompaniyasining eksperimental mahsulotlar bo‘yicha direktori bo‘ldi, u yerda 2017-yilda dunyodagi eng mashhur ovozli yordamchilardan biri bo‘lgan “Alisa” bilan aqlli dinamikni ishlab chiqish loyihasini boshqardi.
Avvalroq “Spot” “TBC Bank Uzbekistan” $38 mlndan ortiq kapital sarmoya jalb qilgani haqida yozgandi.
Qo‘shimcha kapital hisobidan bank yangi mahsulotlar yaratib, mikro va kichik biznes uchun sarmoya kiritadi. Shuningdek, sun‘iy intellekt yechimlarini joriy etadi.