O‘zbekistonliklar Latviyaga payvandchilik bo‘yicha ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ish haqi oyiga 1060 yevro (netto — soliqlar ushlangandan keyin)ni tashkil etadi hamda bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar beriladi.
Nomzodlar 22−45 yosh oralig‘ida, TIG, MIG/MAG payvandlash sertifikati, kamida 3 yillik rasmiy ish tajribasi hamda chizmalarni o‘qish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, rus yoki ingliz tilini bilishlari, jismonan sog‘lom bo‘lishlari zarur.
Ishchi vizasi, Latviyaga borish xarajatlari nomzodlar hisobidan qoplanadi.
Nomzodlar joriy yilning 18-iyul kuni soat 18:00dan 20-iyul kuni soat 18:00gacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Suhbat vaqti va joyi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Batafsil ma’lumotlarni 71 202−33−55, 71 200−00−61 (ichki raqam 17) yoki 1282 qisqa raqamidan olish mumkin.
Avvalroq fuqarolar Germaniyaga ishga taklif etilishi haqida xabar berilgandi. Oylik maosh 2200 yevrodan boshlanadi. Hamshiralik, davolash ishi va doyalik yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlar birinchi bosqichda 10 oy nemis tiliga o‘qitiladi. Undan keyin, imtihondan o‘tganlar ishlashga jo‘natiladi.