“YouTube” “TikTok"da mavjud bo‘lgan funksiyalarni “Shorts” video platformasi uchun taqdim etdi. Bu haqda “ferra.ru” nashri xabar berdi.
Yangilanishlar orasida matndan nutqqa o‘tish xususiyati mavjud. Uni ishlatish uchun matnni yaratgandan so‘ng, ijodkorlar yuqori chap burchakdagi “ovoz qo‘shish” belgisini bosish va mavjud to‘rtta ovozdan birini tanlash kerak.
Bundan tashqari, “YouTube Shorts” endi avtomatik ravishda videolar uchun subtitrlar yaratadi. Bunda “CapCut” kabi qo‘llab-quvvatlovchi ilovadan foydalanish zaruriyati qolmaydi.
Qayd etilishicha, ushbu subtitrlarni turli xil shriftlar va ranglar bilan bezash mumkin.
Yangilanishlar video platformalarning bir-biridan xususiyatlarni qabul qilish tendensiyasini aks ettiradi.
Ta’kidlanishicha, yangi funksiyalar muvaffaqiyatli bo‘lib, “YouTube” va blogerlarga foyda keltiradi.
Avvalroq “Spot” “YouTube” videolar uchun xayp tugmasini sinab ko‘rayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, u kam ma’lum bo‘lgan kanallarni rivojlantirishda yordam beradi.
Shuningdek, “YouTube"da uyqu taymeri funskiyasi paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Funksiya foydalanuvchiga uyquga ketishdan oldin videoni to‘xtatadigan vaqtni belgilash imkonini beradi.
Hozirda uyqu taymeri funksiyasi faqat Android uchun “YouTube"ning beta-versiyalarida ishlaydi.