Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abituriyentlar tomonidan bildirilayotgan murojaatlargarasmiy bayonot berdi.
Ayni kunlarda vazirlikning Murojaatlar markazi va Ishonch raqami orqali turli sabablar bilan test sinovlariga qatnashmagan abituriyentlar, ularning yaqinlari tomonidan qo‘shimcha imtihon belgilab berish yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.
Vazirlik hukumatning tegishli qarori bilan test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan abituriyent sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilishi mumkin emasligini eslatmoqda.
Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi.
Shu bois, shaxsni tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihonlar o‘tkaziladigan joyga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmay kelish zarur.
Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirilgan. Unda binolarning aniq manzili, joylashuvini bilib olish mumkin.
Joriy yilning 14-iyulidan 2024−2025-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlari boshlandi.
Test sinovlari 73ta yopiq turdagi katta sig‘imli binolarda o‘tkazilmoqda. Imtihonlar 12 kun davom etadi.
Ota-onalar va keng jamoatchilik test jarayonlarini test2024.uz platformasi orqali onlayn kuzatib borishlari mumkin.
Imtihon natijalarini uch xil usulda — my.uzbmb.uz, mandat.uzbmb.uz hamda Bilimni baholash agentligining quyidagi Telegram-botlaridan bilib olish imkoniyati mavjud:
Avvalroq magistratura bo‘yicha turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlangandi. Bu ro‘yxat orqali qaysi ta’lim yo‘nalishi davlat oliy ta’lim muassasasi magistraturasi mutaxassisligiga turdosh ekanini bilib olish mumkin.