Buxoro tumanida 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentining Buxoro tuman bo‘limi, “O‘zenergoinspektsiya” hududiy boshqarmasi va tuman ETK xodimlari hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda “B.” MFY hududida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari quvvati 55 kVt bo‘lgan suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan yashirincha ulanib olganligi aniqlandi.
Buning natijasida 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “Spot” Jizzaxda 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlangani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, viloyatda 3ta fermer xo‘jaligi suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.