Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.

Issiqlik tarmoqlarida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli bugun, 19-iyul kuni quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani: Mirzo Ulug‘bek, Sayram, Buyuk ipak yo‘li, Muhammad Yusuf, Lashkarlar, Sayohat, Chust ko‘chalari;
  • Chilonzor tumani: 5,6,7,8,9,10,16,S mavzelari.

Qayd etilishicha, sssiq suv ta’minoti ta’mirlash ishlari tugallanishi bilan tiklanadi (taxminan bugun 22:00 gacha).

“Veolia Energy Tashkent” yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.


Avvalroq “Spot” Toshkentda aholi uchun issiqlik xizmatlari tarifi oshirilishi haqida yozgandi.

Aholiga issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun tarif 1 Gkal uchun 91 960 so‘mdan 105 754 so‘mga oshirilishi belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, yangi tariflar isitish mavsumi yakunlangandan keyin kuchga kiradi.