Joriy yil oxirigacha Qarshi shahrida 300 Megavattli, Nukus shahrida 200 Megavattli quyosh paneli ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipov ma’lum qildi.
Shuingdek, yil yakunigacha hududlarda jami qiymati $485 mlnlik 85ta yangi loyiha ishga tushiriladi. Buning natijasida 4395ta yangi ish joylari tashkil etiladi.
2024-yilda ham ishlab chiqarish salohiyatini 20%ga oshirib, eksport hajmini $1,5 mlrdga yetkazish maqsad qilingan.
Bundan tashqari, mis xomashyosini qayta ishlash 140 ming tonnaga yetkaziladi. Ohangaron tumanidagi “Mis klasteri"da 5 loyiha, Buxoro viloyatida ham maishiy texnikalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnopark o‘z faoliyatini boshlaydi.
Qayd etilishicha, elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan o‘tgan birinchi yarim yillikda 12 trln so‘mdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilib, 116% o‘sish ko‘rsatkichlariga erishildi.
Investitsiya dasturi doirasida $131,1 mln investitsiyalar o‘zlashtirilib, shundan $116,5 mln mablag‘ to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq “Spot” quyosh elektr stansiyasini to‘liq o‘z mablag‘idan qurganlarga kompensatsiya berilishi haqida yozgandi.
Beriladigan kompensatsiya o‘rnatilgan quvvatga qarab 2 mln 380 ming so‘mdan 17 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil qiladi.