Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston charm-poyabzal sanoati vakillari uchun davra suhbati o‘tkazadi.

Tadbir prezident va biznes vakillari o‘rtasidagi ochiq muloqotga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilmoqda.

Charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o‘z muammolari va takliflarini tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga bildirishlari mumkin bo‘ladi.

Davra suhbati “Movenpick” (International) mehmonxonasida 24-iyul kuni soat 10:00da boshlanadi. Ishtirok etish uchun Savdo-sanoat palatasining +998781506006 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Joriy yilda Qoraqalpog‘istonda ochiq muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tayyorgarlik doirasida korxonalar muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha hududiy guruhlar, shuningdek, turli yo‘nalishlar bo‘yicha yanada chuqurroq tahlil qilish uchun ekspert guruhlari tuzilmoqda.


Avvalroq “Spot” tadbirkorlar murojaatlarini qabul qiluvchi shtab faoliyatini boshlagani haqida yozgandi.

Biznes egalari o‘zlari duch kelayotgan muammolar va takliflarni 24/7 rejimida 1094 va 1100 qisqa raqami orqali yo‘llashi mumkin.