2024/2025-o‘quv yili magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu ro‘yxat orqali qaysi ta’lim yo‘nalishi davlat oliy ta’lim muassasasi magistraturasi mutaxassisligiga turdosh ekanini bilib olish mumkin.

Shuningdek, mamlakatda belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTMlari yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari muvofiq ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

Turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

Magistratura bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.

1-iyuldan davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlandi. Arizalarni 30-iyulgacha jo‘natish mumkin.

Hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy magistr.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.