O‘zbekistonliklar qurilish sohasi bo‘yicha Yaponiyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbout xizmati xabar berdi.
Fuqarolar mamlakatning “Shimizu Corporation” yirik qurilish kompaniyasida ishlashlari mumkin.
Ish haqi oyiga $1500ni (220−235 iyena — soliqlar bilan birga hisoblaganda) tashkil etadi. Qo‘shimcha ish soatlari uchun alohida ustama haq to‘lanadi.
Oylikdan chegirma va ushlanmalar jami 37 266 iyenani ($240) tashkil etadi, bunda 4 550 iyena soliqlarga, 32 716 iyena esa ijtimoiy va mehnat sug‘urtalari uchun hisoblangan.
Ish tajribasi talab etilmaydi. Ish beruvchi nomzodlarni og‘zaki suhbat asosida tanlab oladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar quyidagicha:
- yapon tilidan JLPT N4 yoki JFT Basic A2 daraja sertifikati;
- maxsus malaka 1-toifa qurilish sohasi bo‘yicha malakani baholash sertifikati;
- 18−35 yoshgacha bo‘lgan erkaklar;
- maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
- sog‘lom va sudlanmagan;
- 5 yilgacha ishlashga tayyor.
Ish beruvchi tomonidan O‘zbekistondan Yaponiyagacha bo‘lgan aviachipta yo‘l kira haqi, aeroportdan kutib olib, yashash joyigacha kuzatib borish xarajatlari qoplanadi.
Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Arizalar 19-iyul soat 18:30dan 22-iyul soat 12:00gacha qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumotlarni 71 202 33 55 (ichki raqam 41, 42) raqami yoki bu yerdan olish mumkin.
Avvalroq o‘zbekistonliklar Latviyaga payvandchilik bo‘yicha ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi.