Saudiyaning “ACWA Power” kompaniyasi Buxoro viloyatidagi ikkita energetika loyihasining 35% ulushini sotdi. Bu haqda “Spot"ga korxona matbuot xizmati xabar berdi.

17-iyul kuni Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov ishtirokida Buxoro viloyatidagi ikkita energetika loyihasi — “Bosh” va “Jankeldi” shamol elektr stansiyalaridagi 35% ulushini Xitoyning “China Southern Power Grid International (HK) Co. Ltd” kompaniyasiga sotish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurish qiymati $1,3 mlrdni tashkil etadi, ammo aksiyalarni sotish bo‘yicha bitim shartlari oshkor etilmagan.

Bu “ACWA Power” va “China Southern Power Grid” o‘rtasida Markaziy Osiyodagi birinchi qo‘shma yashil loyiha bo‘ladi.

2022-yil dekabr oyida Saudiya kompaniyasi xitoylik hamkorlar bilan “ACWA Power” kompaniyasining Saudiya Arabistoni va “Bir kamar va yo‘l” tashabbusi mamlakatlarida qayta tiklanadigan energiya loyihalarini moliyalashtirish, sarmoya kiritish va qurish bo‘yicha asosli kelishuvlarni imzoladi.

“ACWA Power” bir qator xalqaro tashkilotlardan Bosh va Jankeldi shamol elektr stansiyasi loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘ to‘pladi.

Shunday qilib, YTTB va uning hamkorlari shamol elektr stansiyalarini qurish uchun Saudiya kompaniyasiga $520 mln ajratdi va ular uchun elektr uzatish liniyalari uchun $47 mln ajratdi. Kompaniya OTBdan yana $174 mln oldi.


Avvalroq “Spot” Xitoy kompaniyasi Ohangaronda $1,8 mlrdlik energetika loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, kompaniya hududda 2 GVt quvvatga ega yashil elektr stansiyasini quradi.