“Xiaomi” “SU7” elektromobilining sport versiyasining prototipini taqdim etdi.
Avtomobil “SU7 Ultra” deb nomlanadi va sportkarning asosini 2023-yilda taqdim etilgan “SU7” elektrokari tashkil etdi.
Yangi modelga spoyler, sport g‘ildiraklari, kuzov to‘plamlari va yangi tormozlar qo‘shildi.
Avtomobil to‘liq dvigatelli, umumiy quvvati 1548 ot kuchigacha bo‘lgan uchta dvigateldan iborat qurilma bilan jihozlangan.
Model 100 km/soatgacha 1,97 soniyada, 200 km/soatgacha 5,96 soniyada tezlashishi mumkin.
Maksimal tezlik 350 km/soat. 100 km/soatdan nolgacha to‘xtashda tormoz masofasi 25 metrni tashkil qiladi. Og‘irligi 1900 kg.
2024-yil oktabr oyida avtomobil Germaniyadagi Nyurburgringda poygaga chiqadi. U seriyali bo‘ladimi va qachon ishlab chiqarish boshlanishi aniqlanmagan.
Avvalroq “Spot” “Xiaomi” 2026-yilda ikkinchi avtomobilini taqdim etishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, kompaniyaning ikkinchi avtomobili “Tesla Y"ga o‘xshash sport yo‘ltanlamasi bo‘ladi.