Banklardagi mikroqarzlar: 2024-yil iyul oyi bo‘yicha

Mikrokreditni 26ta bankda olish mumkin bo‘lib, 5 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha beriladi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Bu reklama kampaniyasi emas” — Zafar Hoshimov

Supermarketlar tarmog‘i asoschisi Raqobat qo‘mitasining Eng arzon narx dasturi bo‘yicha e’tirozlariga munosabat bildirdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekiston va Qirg‘iziston qanday kelishuvlarga erishdi?

Tomonlar tovar ayirboshlash hajmini $2 mlrdga yetkazmoqchi. Buning uchun ikki mamlakat poytaxtlarida savdo uylari tashkil etiladi hamda eksportoldi moliyalashtirish vositalari joriy etiladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Windowsdagi global uzilishlar O‘zbekistondagi kompaniyalarga ta’sir qilmadi

Buning sabablari mamlakatda “qaroqchi” Windows yoki MDHda CrowdStrike mijozlarining yetishmasligi bo‘lishi mumkin.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Tailand 15-iyuldan O‘zbekiston uchun rasman vizasiz rejim joriy qildi.
    Endilikda o‘zbekistonliklar mamlakatga tashrif buyurganlarida 60 kun davomida vizasiz bo‘lishlari mumkin.
  2. O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi.
    2024/2025-o‘quv yili uchun mamlakat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar 5-avgustgacha qabul qilinadi.
  3. Raqobat qo‘mitasi Korzinkaga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.
    Supermarketlar tarmog‘i tomonidan e’lon qilingan arzon mahsulotlar narxi boshqa supermarketlar va dehqon bozorlaridagi narxlardan farq qilmasligi aniqlangan.
  4. 1-avgustdan tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.
    Ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan tibbiyot chiqindilari to‘liq hajmda topshiriladi.
  5. WhatsApp beta-versiyasida xabarlarni tarjima qilish funksiyasini qo‘shdi.
    Hozirda funksiya ingliz, rus, arab, ispan, portugal (Braziliya) va hind tillarini qo‘llab-quvvatlaydi.
  6. Bakalavr va magistratura uchun qancha grant ajratilgani ma’lum bo‘ldi.
    Bakalavriatura bo‘yicha 34 838 nafar, magistratura bo‘yicha esa 9 365 nafar etib belgilandi.
  7. Kredit tarixi o‘rganilishini cheklab qo‘yish xizmati yaratildi.
    Xizmat orqali fuqarolar o‘zlariga tegishli kredit tarixi ma’lumotlarini olinishini taqiqlab qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.
  8. Elektrosamokatlarga 10 km/soat tezlikdan yuqori harakatlanish taqiqlandi.
    Shuningdek, IHVni boshqarishda odam tashish yoki telefondan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Ularda tashiladigan yuklar uzunligi va kengligi esa 50 smdan oshmasligi kerak.
  9. O‘zbekistonda birinchi mahalliy Arslon zirhli transportyori ishlab chiqarildi.
    Shuningdek, Tarlon-M zirhli avtomobilining yangi versiyasi taqdim etildi. Hozirda mazkur jangovar mashinalar harbiy sinovlardan o‘tkazilmoqda.
  10. Qoraqalpog‘istonning 11ta tumanida transport vositalari tezligi pasaytiriladi.
    Xususan Ellikqal’a, Xo‘jayli, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot, Kegeyli, Qonliko‘l, To‘rtko‘l, Amudaryo, Beruniy, Sho‘manoy va Nukus tumanlaridagi avtomobil yo‘llarida harakatlanish tezligi 100 km/soat tezlikdan 70 km/soat tezlikka o‘zgartirilmoqda.