Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar o‘rtasida mahsulot va xizmatlar narxlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, so‘rovnoma Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
U mahsulot va xizmatlar bozorida iste’mol tovarlari narxlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga qaratilgan.
Tadbirkorlardan savollar bilan tanishib chiqib, javoblarni hamda zarur hollarda takliflarni bildirish so‘ralmoqda.
Mazkur so‘rovnoma doirasida berilgan javoblar to‘liq maxfiy saqlanadi va anonimligi ta’minlanadi. Javoblardan shaxsiy identifikatsiya uchun foydalanilmasligi qayd etilgan.
Barcha ma’lumotlar jamlangan holda tahlil qilinib, tovar va xizmatlar bozorida iste’mol tovarlarining tannarxini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
So‘rovnomada havola orqali ishtirok etish mumkin.