O‘zbekistonliklar Germaniyada ishlash va o‘qish uchun taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, agentlikning Germaniyadagi hamkor tashkiloti tomonidan fuqarolar tibbiyot sohasi bo‘yicha ishlarga jalb qilinmoqda. Ish haftasiga — 5 kun.
Nomzodlar 18−45 yosh, kamida 1 yillik mehnat stajiga ega hamda nemis tilini kamida B1 darajada bilishi zarur.
Bundan tashqari, o‘rta bo‘g‘in tibbiyot hamshirasi diplomiga ega bo‘lish talab etiladi.
Qabul qilinganlarga 2300−2700 yevro (brutto) miqdorida ish haqi beriladi. Bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar taqdim etiladi.
Shuningdek, ishchilarga yashash joyi topishga, tibbiy sug‘urta olishga ko‘maklashiladi.
Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Tibbiyot sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun “Ausbildung” asosida o‘qish va ishlash imkoniyati taqdim etilmoqda.
Unda tibbiyot va keksalarni parvarishlash sohasiga qiziquvchi nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Haftada 6 kun o‘qish va amaliyotni tashkil etadi.
Talabgorlar 16−35 yosh oralig‘ida, 11 yillik ta’limni yakunlagan bo‘lishi hamda nemis tilini B2 darajada bilishi kerak.
Shuningdek, 3 yillik kasbiy ta’limni yakunlab, belgilangan klinikada ishlash majburiyatini olishlari zarur.
Qabul qilinganlarga 1100−1400 yevro (brutto) miqdorida stipendiya beriladi.
Ularga yashash joyi topishga ko‘maklashiladi, tibbiy sug‘urta olishga yordam beriladi hamda kasbiy ta’limdan keyin kafolatlangan ish joyiga ega bo‘lishadi.
Mazkur dastur bo‘yicha nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni havola orqali yoki 71 202−33−55, 71 200−00−61 yoki 1282 qisqa raqamidan olish imkoniyati mavjud.
Avvalroq fuqarolar avtomobil mexanigi hamda CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi sohalari bo‘yicha Latviyaga ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi.