O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avtomobil mexanigi uchun 1000 yevro, CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi uchun 1100 — 2500 yevro miqdorida oylik maosh taqdim etiladi.

Xususan, avtomexanik bo‘yicha nomzodlarga quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish borasidagi qo‘llanmalardan foydalanish;
  • avtomobil qismlari va kuzovi bilan ishlash;
  • diagnostika uskunalaridan foydalanish.

Shuningdek, nomzodlar 25−40 yosh oralig‘ida, kamida 2 yillik tajribaga ega hamda rus yoki ingliz tillarini bilishi kerak. Talabgorlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi uchun talablar:

  • Yevropaning barcha mamlakatlariga yuklarni tashish;
  • yuk tashish bilan bog‘liq hujjatlarni tushunish;
  • chip kartaning mavjudligi.

Shuningdek, ular 55 yoshgacha, kamida 1 yillik tajriba ega va rus yoki ingliz tillarini bilishlari zarur. Nomzodlaar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Har ikki soha bo‘yicha arizalar joriy yilning 22-iyul kuni soat 11:30dan 24-iyul soat 14:00gacha qabul qilinadi.

O‘quv va test sinovlari davomida yashash joyi, sug‘urta, hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

Fuqarolar agentlik xizmatlari, o‘qitish va ko‘niktirish, viza uchun to‘lov, ovqatlanish hamda aviachipta xarajatlarini qoplashlari kerak.

Batafsil ma’lumotlarni havola orqali yoki 71 202−33−55, 71 200−00−61 yokida 1282 qisqa raqamidan olish mumkin.


Avvalroq mamlakatda boquvchisi xorijga ishlashga ketgan oilalarga moddiy yordam berish imkoniyati yaratilishi haqida xabar berilgandi.