“O‘zbekiston temir yo‘llari” yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektrpoyezdlarining ertalabki jadvaliga o‘zgartirish kiritmoqchi. Bu haqda kompaniya matbout xizmati xabar berdi.
Xususan, mazkur elektrpoyezdlarning ertalabki qatnovlarini bir soat oldinga ko‘chirish rejalashtirilgan bo‘lib, uning doirasida yo‘lovchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi qayd etilgan.
Kompaniya “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi jadvalining taklif etilayotgan harakat jadvaliga baho berishni so‘ramoqda.
Amaldagi jadval:
Toshkent-Qarshi
- Ertalab jo‘nash vaqti — 7:24;
Toshkent-Samarqand
- Ertalab jo‘nash vaqti — 7:47;
Toshkent-Buxoro
- Ertalab jo‘nash vaqti — 8:23;
Toshkent-Buxoro
- Ertalab jo‘nash vaqti — 8:50;
Tavsiya etilgan jadval:
Toshkent-Qarshi
- Ertalab jo‘nash vaqti — 6:24;
Toshkent-Samarqand
- Ertalab jo‘nash vaqti — 6:47;
Toshkent-Buxoro
- Ertalab jo‘nash vaqti — 7:23;
Toshkent-Buxoro
- Ertalab jo‘nash vaqti — 7:50.
15-maydan Toshkentda Qarshi, Buxoro va Samarqandga harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlariga yangi narxlar belgilandi. Ekonom-klass — 20%, biznes-klass — 30% va VIP klass 40%ga oshirildi.
1-iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi o‘zgartirildi. Xususan, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarining chiptalar narxi 25%ga oshirildi.
15-iyuldan 15-avgustgacha “To‘qimachi” hamda “Toshkent yo‘lovchi” bekatlari oralig‘idagi temir yo‘lda texnik ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab, Toshkent-Markaziy vokzalidan amalga oshiriluvchi aksariyat poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanadi.