UNICEF`ning O‘zbekistondagi ofisi Encompass kompaniyasi ko‘magida o‘zining tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilarning bazasini yangilash va kengaytirish jarayonining boshlanganini maʼlum qiladi.
2023-yilda Unicef jahonning 162 davlatida bolalarning ehtiyojlari uchun $5,24 mlrd miqdordagi mablag‘ hisobiga tovarlar va xizmatlar xarid qilgan. Ushbu xaridlar dori-darmonlar, taʼlim ashyolari, oziq-ovqatlardan tortib ichimlik suvi qurilmalariga qadar mahsulotlarning keng ko‘lamli turlarini o‘z ichiga oladi. Tovarlar va xizmatlar bozori jadal rivojlanishi, mahsulotlar va yetkazib beruvchilarning tarmog‘i kengayib borishini inobatga olgan holda UNICEF`ning O‘zbekistondagi ofisi Encompass kompaniyasining ko‘magida o‘zining yetkazib beruvchilar bazasini yangilashga kirishdi.
Biz uzoq muddatli va manfaatli hamkorlikka intiluvchi kompaniyalarni o‘zlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bizning yetkazib beruvchilar bo‘yicha maʼlumot bazamiziga kiritishga taklif etamiz. Bu bizga xaridlarni samarali rejalashtirish, kelguvsida ishonchli va salohiyatli hamkorlarni tanlab olishga imkon yaratadi.
Kompaniyangiz profilini quyidagi havolarning biridan foydalangan holda to‘ldirishingiz mumkin:
Taqdim etilgan maʼlumotlarning maxfiyligi hamda faqat UNICEF bilan hamkorlik doirasida foydalanilishi taʼminlanadi.
Maslahatlar va maʼlumot olish uchun E-mail: marketsurveyuzbekistan@gmail.com va afg-termeztenders@unicef.org yoki telefon orqali: (+998) 90−975−80−90 murojaat qilsa bo‘ladi.
UNICEF komandasi barcha savollarga javob berishga va registratsiya jarayenida qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Reklama huquqlari asosida.