O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 625,04 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 40 so‘m 76 tiyinga oshdi.
Bungacha dollar kursi 19-iyul, 18-iyul, 17-iyul, 11-iyul, 10-iyul, 9-iyul, 8-iyul, 5-iyul, 4-iyul, 3-iyul va 1-iyul kunlari oshgandi.
15-may kuni dollar kursi yana rekord darajani qayd etib, 12 727 so‘mni tashkil etgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.