O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 634 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 8 so‘m 96 tiyinga oshdi.
Bungacha dollar kursi 24-iyul, 19-iyul, 18-iyul, 17-iyul, 11-iyul, 10-iyul, 9-iyul, 8-iyul, 5-iyul, 4-iyul, 3-iyul va 1-iyul kunlari oshgandi. 15-may kuni dollar kursi yana rekord darajani qayd etib, 12 727 so‘mni tashkil etgandi.
O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.
Avvalroq Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5% bandga pasaytirib, yillik 13,5% darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.