25-iyul kuni Toshkentning qaysi hududlarida elektr energiyasi o‘chirilishi ma’lum qilindi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, payshanba kuni poytaxtning Yunusobod tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Tumanning “Tiklanish” hamda “Katta Hasanboy” MFYlarining ayrim hududlaridagi iste’molchilarga soat 11:00dan 14:00gacha elektr energiyasi yetkazib berilmaydi.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Avvalroq Energetika vazirligi oshib boruvchi tariflar qo‘llanilishi iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanishda tejamkorligini oshirganini qayd etgandi. Tizimga yuklamalar kamayib, aholining elektr energiyasidan uzilishlari va avariyalar soni ham kamaygan.
1-avgustdan elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi ishga tushiriladi. Bundan tashqari, uning mobil ilovasini ham ishlab chiqish belgilangan.