O‘zbekistonliklar Belarusdagi avtomobil ishlab chiqarish zavodiga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqarolar avtomobilsozlik bo‘yicha ishlashlari mumkin hamda ish haftasiga 5 kun 8 soatni tashkil etadi.
Ish haqi 2370 Belarus rubli ($720 — soliqlar to‘langandan keyin)ni tashkil etadi.
Ish beruvchi hisobidan yotoqxona, aviachipta, tibbiy ko‘rik hamda ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma xarajatlari qoplab beriladi.
Ovqatlanish xarajatlari ishchilarning o‘z hisobidan amalga oshiriladi. Nomzodlar 18−45 yoshgacha va 1 yillik tajribaga ega bo‘lishi kerak.
Shu bilan birga, rus tilini suhbat darajasida bilish, sudlanmagan hamda O‘zbekistondan chetga chiqish taqiqlanmagan bo‘lish talab etiladi.
Ishlash istagida bo‘lgan nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282 qisqa raqamidan olish mumkin.
Avvalroq fuqarolar Latviyaga ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi. Maosh 1060 yevrodan boshlanadi.