O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 599,83 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 34 so‘m 17 tiyinga pasaydi.

Bungacha dollar kursi 25-iyul, 24-iyul, 19-iyul, 18-iyul, 17-iyul, 11-iyul, 10-iyul, 9-iyul, 8-iyul, 5-iyul, 4-iyul, 3-iyul va 1-iyul kunlari oshgandi. 15-may kuni dollar kursi yana rekord darajani qayd etib, 12 727 so‘mni tashkil etgandi.

O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.

Avvalroq Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5% bandga pasaytirib, yillik 13,5% darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.