Maqolada O‘zbekiston marketing uyushmasi buyurtmachilarni Safronova Project Studio va uning asoschisi hamda xalqaro darajadagi me’mor-dizayner, xalqaro tanlovlar g‘olibi, O‘zbekiston va Rossiya dizaynerlar va arxitektorlar uyushmasining faxriy a’zosi Lyubov Safronova bilan tanishtiradi. U O‘zbekistonda birinchi “UDAW dizayn va arxitektura haftaligi"ni yaratdi.

“Biz O‘zbekiston arxitektorlar uyushmasi bilan birgalikda arxitekturaviy loyihalash va dizayn bo‘yicha mutaxassislarni o‘z loyihalari tajribasi, sifati va xavfsizligi asosida ajratib ko‘rsatgan O‘zbekiston marketing uyushmasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. O‘zbekiston bozoridagi yetakchi kompaniyalar qatorida bo‘lish va kompaniyamizning maqsad va vazifalari, yutuqlarimiz va raqobatbardosh ustunliklarimiz haqida gapirish biz uchun katta sharafdir”, — dedi Lyubov Safronova.

Safronova Project Studio (Design House) 17 yildan ortiq vaqt davomida arxitekturaviy loyihalash, landshaft dizayni, obodonlashtirish, tashqi va ichki dizayn va fee-Development bilan shug‘ullanadi. Kompaniya portfoliosida O‘zbekiston, Germaniya, Polsha, BAA, Rossiya, MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirilgan minglab loyihalar, shu jumladan Samarqand Darvoza va Mega Planet savdo markazi, Mirabad Avenue rezidensiyasi, Modera Towers, Infinity, Imperial, Nirvana, Ecopark va Central Park turar joy majmualari, International Talent Academy, Rabad qurilish markazi kabilar bor.

Lyubov Safronova arxitektura loyihalarini yaratish va qadoqlash, qurilish bumi va Toshkentda yetishmayotgan yorqin dominanta haqida gapirib berdi.

reklama, safronova project studio

O‘zbekiston marketing uyushmasi sizning byuroingizni mamlakatdagi yetakchi kompaniyalardan biri sifatida tanladi. Bunga qanday qaraysiz?

Agar siz Toshkent bo‘ylab sayohat qilsangiz, deyarli har bir chorrahada bizning mehnatimiz natijalarini ko‘rishingiz mumkin. O‘ylaymanki, shahar aholisi, tadbirkorlar va investorlar uchun o‘z loyihalarida kim xuddi shunday samarali yechimlarni yaratishi mumkinligini bilish juda muhimdir.

reklama, safronova project studio

Safronova Project Studio qanday paydo bo‘ldi? U qanday o‘sdi va rivojlandi?

Men bolaligimda rasm chizishni yaxshi ko‘rardim, shu sabab 10 yoshimda meni san’at maktabiga yuborishdi. Keyinchalik arxitektura va qurilish institutini muvaffaqiyatli tugatdim. Birinchi kursdan boshlab kasbim bo‘yicha ishlay boshladim, bu menga tezda ijodiy direktor bo‘lib yetishishda yordam berdi. Diplomimni yuqori ball bilan himoya qilib, meni MTS kompaniyasiga tavsiya qilgan ilmiy rahbarimdan tavsiyalar oldim. Kompaniya uchun men ofis dizayni loyihasini yaratdim. So‘ng Ucell menga to‘liq rebrend buyurtmasi bilan murojaat qildi. Bir yil o‘tgach, Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlovda g‘olib chiqdim, bu mening faoliyatimdagi muhim voqea bo‘ldi. Tez orada o‘zim keyinchalik Design House deb o‘zgartirilgan Gaudi Decor byurosini ochdim — 13 yil ichida bu nom O‘zbekiston bozorida brendga aylandi, — va bir necha yil oldin Safronova Project Studio`ga rebrending qildim.

Bugungi kunda mening jamoam 40ta yuqori darajadagi mutaxassisdan tashkil topgan. Shuningdek, bizda IV-toifa dizayn litsenziyasi mavjud, biz 50 qavatgacha bo‘lgan ko‘p qavatli binolarni loyihalashimiz mumkin. Biz Orient Group xoldingi va Golden House brendi bilan yaqindan ishladik, ularga loyihalarining barcha konsepsiyasini qilib berdik. Shuning uchun bizning kompaniyamiz noyob tajribaga ega: biz development sohasining boshida turdik, jiddiy brendlarni rivojlanishiga yordam berdik. Bugun biz xalqaro bozordagi barcha asosiy ishlab chiquvchilar bilan ishlaymiz. 2013-yilda Rossiyada filial ochdik, tezda u yerda yetakchi o‘rinlardan birini egalladik. Endi biz MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlariga, shuningdek Yevropa va BAAdagi xalqaro loyihalarga e’tibor qaratmoqdamiz.

reklama, safronova project studio

Sizning byuroingiz bozordagi boshqa kompaniyalardan nimasi bilan farq qiladi?

Bizning asosiy farqimiz — O‘zbekiston bozorida me’mor va dizayner sifatida developmentni boshida turdik. Biz katta tajribaga ega bo‘ldik va endi rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganib, development sohasini yaxshi tomonga o‘zgartirishga harakat qilmoqdamiz. Men har yili ko‘chmas mulk, loyihalashtirish hamda dizayn bo‘yicha xalqaro konferensiyalarga uchaman, yirik xalqaro konferensiyalarning ma’ruzachisiman. Mening asosiy maqsadim nafaqat arxitekturani, balki bozorga chiqadigan va (developerlarning bahtiga) savdoda muvaffaqiyatli bo‘lgan tayyor mahsulotni yaratishdir.

Loyiha xaridorlar uchun qiziqarli bo‘lganda va odamlar unda yashashni orzu qilganda muvaffaqiyatli bo‘ladi. Uni yaratish uchun biz dizayn va konsepsiya ustida ishlashni boshlashdan oldin ulkan tahliliy va tadqiqot ishlarini olib boramiz. O‘zbekiston bozorida ekspert tajribamiz bor: biz mentalitetni yaxshi tushunamiz va bu yerda hamma narsa qanday tartibga solinishi kerakligini tasavvur qilamiz, shuning uchun o‘z loyihalarimiz bilan shug‘ullanamiz. Bizning tajribamiz va ishda foydalanadigan foydali modelimiz allaqachon xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.

Biz original dizayn va funksionallikka e’tibor qaratgan holda noyob dizaynlarni yaratamiz. Bizning loyihalarimiz hayot sifati, qulayligi va o‘ziga xosligini qadrlaydigan zamonaviy shahar aholisining talablariga javob beradi.

Kompaniyamizning vazifasi odamlarni baxtli qilish, ularning premium hayot orzularini ro‘yobga chiqarish, shaharlarni rivojlantirish va ijodiy arxitekturani taklif qilish, tabiatga g‘amxo‘rlik qilish va binolarni landshaftga organik tarzda moslashtirishdir.

Bizning maqsadimiz iloji boricha ko‘proq loyihalarni amalga oshirish, hayotni go‘zal, qulay va xavfsiz qilish, jamiyat va atrof-muhitga foyda keltirishdir. Biz yuqori sifat standartlariga rioya qilishni va xalqaro bozorda kengayishni maqsad qilganmiz.

reklama, safronova project studio

Loyihalar biz shaharda ko‘rayotgan ko‘plab yechimlardan farq qiladimi?

Biz hech qachon loyihalarimizni ko‘chirmaymiz va ularni turli developerlarga sotmaymiz. Dizaynerlar tomonidan bitta loyihani ishlab chiqish va uni turli mijozlarga nusxalash vijdonsizlik hisoblanadi. Bizning har bir loyihamiz mijozning aniq maqsadlari uchun qilingan ulkan noyob ishdir. Biz ixtisoslashadigan asosiy yo‘nalish — bu xizmatlar to‘plami, tushunchalar bo‘lib, men ularni tayyor mahsulotlar deb atayman.

Investorlar, ishlab developerlar yoki yer egalari bizga murojaat qilganda, biz obyektning falsafasi, konsepsiyasiga alohida e’tibor qaratamiz va developer uchun sarmoyaviy jihatdan foydali va xaridor uchun qiziqarli qilish uchun harakat qilamiz. Birinchi, biz yer uchastkasi va raqobat muhitini tahlil qilamiz, keyin loyiha konsepsiyasini ishlab chiqamiz. Shundan keyingina arxitektura, ishchi hujjatlar, ekspertizaga o‘tamiz. Peyzaj dizayni va interyerda biz birinchi konsepsiya bosqichida umumiy tushunchaga ega bo‘lamiz.

Hamma narsani bitta tayyor mahsulotga aylantiramiz, uni qadoqlaymiz, sotishga tayyorlaymiz va bozorga chiqaramiz. Biz faqat bitta narsa bilan ishlamaymiz, balki konsepsiya haqida to‘liq o‘ylaymiz. Ishlab chiquvchilar bizga alohida xizmatlar: biznes markazlari, restoranlar, savdo majmualari, xususiy uylar va kvartiralar uchun arxitektura va interyer uchun murojaat qilishadi. Biroq, har bir loyihaga alohida yondashuvni saqlaymiz.

reklama, safronova project studio

Sizningcha, ko‘plab yangi binolar va qurilish bumi eski Toshkentning ruhini o‘ldirmaydimi?

Yo‘q, bizning shahrimiz tarixiy arxitektura bilan to‘la emas. Aksincha, poytaxtlar urbanizatsiyaga muhtoj. Yangi Toshkent loyihasi va Yangi O‘zbekiston ko‘chasi allaqachon natijalarni ko‘rsatmoqda. Toshkent Petronas minoralari yoki Eyfel minorasi kabi o‘zining yorqin diqqatga sazovor joylariga muhtoj. Odamlar o‘zgarishlarga qarshi, ammo bu har doim iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Nima qilsak ham, biz inson uchun, u bu makonda baxtli yashashi uchun qilamiz.

reklama, safronova project studio

Siz yangi narsalarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldingizmi?

Biz boshqa mamlakatlar tajribasiga e’tibor qaratib, bozorimizni bashorat qilishga harakat qilamiz. Biz loyihalar haqida kamida 3−5 yil oldin o‘ylaymiz. Mijozlarimiz 17 yillik tajribamizga ishonishadi. Loyihalar o‘z vaqtida oshkor bo‘lganda, mijozlar xatar oqlanganligini tushunishadi.

reklama, safronova project studio

Sizning sohangizda muammolar bormi?

Qurilish bumi katta yutuqlarga erishdi. Davlat vakolatsiz kompaniyalar foydalanishga topshirib bo‘lmaydigan obyektlarni qura olmasligi uchun bu jarayonni murakkablashtiradi, — va to‘g‘ri qiladi. Biz konferensiyalarda muammoli masalalarni ko‘taramiz, yechimlarni topishga harakat qilamiz. Developerlar uyushmasi bozor o‘yinchilaridan fidbek oladi va muntazam ravishda davlat organlariga tanqidiy mulohazalar bilan xat yozadi.

reklama, safronova project studio

Yaqin kelajakda qanday rejalaringiz bor?

Bu yil mening strategik maqsadim tashqi bozorlardagi ishtirokimizni kengaytirishdir. Biz loyihalar sifatini oshiramiz, jamoani muntazam ravishda o‘qitamiz, malakamizni oshiramiz.

reklama, safronova project studio

Agar sizga Toshkentda biron bir o‘zgartirish kiritish taklif etilsa, bu nima bo‘lar edi?

Men Toshkentning ahamiyatga ega ramzi bo‘ladigan yorqin va nostandart inshootni yaratmoqchiman.

Telefonlar: (+998) 99−801−08−01, (+998) 99−979−89−38.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek d-si, Oqqo‘rg‘on ko‘ch, 35.

Sayt: safronova-project.com
Facebook: fb.com/safronovalubov
Instagram: @safronova_project
Telegram: t.me/safronova_project
Youtube: SafronovaProject

Reklama huquqlari asosida.