Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining tender savdolarida qonun buzilishi aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘mitaga IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan joriy yilning 10-iyunida o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati qariyb 26,5 mlrd so‘mlik tenderi yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Murojaat asosida olib borilgan o‘rganishlarda tender savdolari yo‘l belgilari uchun bo‘yoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish uchun o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Natijada qo‘mita tomonidan “Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 29-moddasi talablari buzilgan deb topildi. Shu bilan birga, IIV YHXBBga nisbatan tender savdolari natijasini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Mazkur qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikni belgilash masalasi ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, qo‘mita Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligini qayd etdi.
Avvalroq Raqobat qo‘mitasi “Inson” sug‘urta tashkilotini qonunchilikni buzgan deb topgandi. Sug‘urtalovchi 173 nafar fuqaroga sug‘urta tovonini to‘lab berishi kerak.