Mirobodda gastronomik ko‘cha qurilishi boshlandi. U qanday bo‘ladi?
Shu sabab, Taras Shevchenko ko‘chasining 250 metr qismi 25-avgustgacha yopiladi. Yo‘l bir qatorga qisqartirilib, bu yerda bepul avtoturargoh tashkil etiladi.
O‘zbekistonda PR: bu qanday soha va kompaniyalarga nega kerak?
PR-mutaxassisi Madina Ruzmatova soha, uning qanday ishlashi, kompaniyadagi o‘rni, nima uchun kadrlar yetishmasligi hamda nomzodlarning intervyu jarayonida yo‘l qo‘yadigan xatolari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.
O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?
Spot avgust oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
O‘zbekistonda dollar kursi qanday o‘zgaradi?
Tahlilchilarning fikricha, yanvar-iyun oylarida so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik holat. Ular kelgusi olti oyda o‘sib borayotgan savdo defitsiti va pul o‘tkazmalarining qisqarishi sabab, milliy valyutaning zaiflashishi tezlashishini kutishmoqda.
“Markaziy bank avtokreditlar berish bo‘yicha ochiqlanmagan cheklovlar joriy qildi” — ADM Jizzakh
Joriy yilda Doniyor Davletiyarov avtomobillar savdosi 15%ga — 350 ming donaga tushishini kutmoqda.
Haftaning asosiy yangiliklari
- O‘zbekiston tarvuz bozorida murakkab vaziyat yuzaga keldi — EastFruit.
Mamlakat bozorida yangi tarvuzning kichik ulgurji narxlari rekord darajada past bo‘lib, har bir kilogramm uchun 8 sentni tashkil etadi. - Iyun oyida O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini qariyb 24 barobarga oshirdi.
Rossiya va Turkmanistondan ko‘k yoqilg‘i importi to‘rt baravar ko‘payib, $800 mlndan oshdi. - Notkoin sotgan yana bir yigit 10 sutkaga qamaldi.
Navoiyda yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy ravishda 20 mingta notkoinni $150ga sotgan. Natijada, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlikda aybli deb topilib, ma’muriy qamoq jazosi berilgan. - Sirdaryoda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi.
Asaka Motors zavodida Janubiy Koreya kompaniyasining oltita modeli yig‘iladi. - Markaziy bank 2024-yilda yillik inflyatsiya 9% atrofida bo‘lishini kutmoqda.
Regulyator inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligi hisobiga asosiy stavkani pasaytirdi. - Markaziy bank onlayn kredit berish talablarini kuchaytirmoqda.
Bundan tashqari, fuqarolar o‘rtasidagi shubhali pul o‘tkazmalarini to‘xtatib qo‘yish rejalashtirilmoqda. - O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln so‘mdan oshdi.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 8,4 mln so‘m bilan Toshkentga, eng past ko‘rsatkich esa 3,6 mln so‘m bilan Qashqadaryoga to‘g‘ri keldi. - ADM Jizzakh elektromobillar importi uchun bojlarni qaytarishni taklif qilmoqda.
Avtomobil zavodi bosh direktori Doniyor Davletiyarov O‘zbekistonda elektromobil ishlab chiqarish maqbul emasligini qayd etdi. - UzAuto Motors konveyeridan so‘nggi Lacetti chiqdi.
2013-yildan beri mazkur avtomobilning 487 104 dona yangilangan modeli ishlab chiqarildi. - O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi.
Xususan, 26-iyul kuni yozgi maksimal sutkalik elektr energiyasi iste’moli 253,3 mln kVt•soatni tashkil etdi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
Admixer Advertising kompaniyasi Meta Media sertifikatiga ega bo‘ldi
Meta Certified Company tomonidan berilgan sertifikat Admixer Advertising kompaniyasiga Meta mahsulotlari va platformalari bilan bemalol ishlash hamda qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish huquqini beradi.
Bu ishlab chiqaruvchilarga xalqaro tashkilot bilan uzoq muddatli va manfaatli hamkorlik o‘rnatish uchun yaxshi imkoniyat.
IT Park University, Women in Tech vakillari va IT Park University talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Women in Tech`ning maqsadlari va yaqin rejalari ham taqdim etildi.
O‘zbekiston marketing uyushmasi arxitektura tuzilishi va dizayn sohasidagi yetakchi xususiy kompaniyalardan biri sifatida tan olingan Safronova Project Studio (Design House) byurosini tanishtiradi.
Nissan Uzbekistan shourumidagi eng qimmat avtomobil prezentatsiyasi bo‘lib o‘tdi
Nissan brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Premium Auto kompaniyasi Nissan Patrol avtomobilini namoyish etdi.
Bank xizmatlari kelajagi: Kapitalbank biznes uchun raqamli ekotizimni qanday shakllantiradi?
Digital Uzbekistan forumida Kapitalbank raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismoilov BS/2 vakili bilan muloqotda bank faoliyati haqida to‘xtalib, istiqboldagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.