Xotin-qizlar uchun hududlar bo‘yicha qo‘shimcha grant kvotasi tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xozmati xabar berdi.
Qo‘shimcha 2000ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston — 111;
- Andijon viloyati — 183;
- Buxoro viloyati — 112;
- Jizzax viloyati — 81;
- Qashqadaryo viloyati — 193;
- Navoiy viloyati — 60;
- Namangan viloyati — 165;
- Samarqand viloyati — 227;
- Surxondaryo viloyati — 155;
- Sirdaryo viloyati — 50;
- Toshkent viloyati — 177;
- Farg‘ona viloyati — 221;
- Xorazm viloyati — 110;
- Toshkent shahri — 155.
Mamlakatda ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tavsiyanomalar beriladi. Ularni olish uchun har yili arizalar qabuli qilinadi.
Tavsiyanomalar kam ta’minlangan, to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, turmush o‘rtog‘i vafot etgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar kabi talablar asosida beriladi.
Avvalroq prezident farmoyishi bilan vazirlikka xotin-qizlar uchun ajratilgan 2000ta davlat granti bo‘yicha takliflar taqsimotini taqdim etish topshirilgandi.