Andijon viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan 2ta AGTKSh aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, viloyatning Jalaquduq tumanida faoliyat yurituvchi “J.M.S.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shahobchasida gaz hisoblagichning kamera qismidagi ichki detallar standart talablariga nomuvofiqligi ma’lum bo‘ldi.
Natijada, ta’minot korxonasiga jami 4,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Shunday holat Qorasuv shahrida joylashgan “Sh.G.A.V.” MChJga metan “zapravka"sida ham kuzatilib, gaz hisoblagichning kamera qismidagi ichki detallar standart talablariga javob bermasligi hamda jami 4,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Ikkita holatda aniqlangan zarar jami 9,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Avvalroq Farg‘onada korxona 7 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gazni talon-toroj qilingani aniqlangandi. Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.