O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 2024-yilning birinchi yarmida qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yanvar-mart oylarida mamlakatdagi jami 60ta xorijiy kompaniya tomonidan to‘langan soliqlar miqdori 44,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga o‘sgan.
To‘langan soliqlarning 95,1%i elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Birinchi yarim yillikda 18,4 mlrd so‘m bilan “Meta” eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy kompaniya bo‘ldi.
Undan keyingi o‘rinlarni 12,9 mlrd so‘m bilan “Google” hamda 9,8 mlrd so‘m bilan “Apple” kompaniyalari egalladi.
Shuningdek, bu davrda “Booking.com” tomonidan to‘lagan soliqlar hajmi 1,13 mlrd so‘mdan ortiqni, “Amazon"da esa 949,2 mln so‘mni tashkil etdi.
O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lovchi Top-10ta xorij kompaniya ro‘yxati:
№ | Xorijiy kompaniyalar | To‘langan soliq miqdori |
1 | Meta | 18,4 mlrd so‘m |
2 | Google | 12,9 mlrd so‘m |
3 | Apple | 9,8 mlrd so‘m |
4 | Вooking.соm | 1,1 mlrd so‘m |
5 | Amazon | 949,2 mln so‘m |
6 | Zoom | 696,6 mln so‘m |
7 | Netflix | 666 mln so‘m |
8 | Acca | 652,1 mln so‘m |
9 | Xsolla | 449,3 mln so‘m |
10 | Adobe | 301,3 mln so‘m |
“Meta” o‘tgan yili mamlakatda eng ko‘p soliq to‘lagan (26,4 mlrd so‘m) xorijiy kompaniya bo‘lgandi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari barcha hokim va soliqchilar qat’iy ogohlantirilgandi. Tadbirkorga ortiqcha to‘lov qildirgan mas’ullar jazolanadi. Bosh prokuraturaga bu masalani alohida nazoratga olish topshirildi.