Raqamli texnologiyalar vazirligi xorijdagi o‘zbekistonliklarga Qoraqalpog‘istonda loyihalarni amalga oshirish uchun yordam bermoqchi. Bu haqda vazir Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘istonda yangi ish o‘rinlarini yaratishga hissa qo‘sha oladigan xorijdagi fuqarolar 17−20-avgust kunlari Nukus shahriga taklif etilmoqda.
Buning uchun nomzodlarning eksport orqali yoshlarga ishchi o‘rinlarini yaratuvchi biznesi yoki startap-loyihasi bo‘lishi kerak.
Ularga “IT Park"ning Nukusdagi yangi binosida 1 yilgacha muddatga bepul ofis beriladi hamda xodimlarni izlash va o‘qitish xarajatlari qisman qoplanadi.
Buning uchun nomzodlar havola orqali onlayn ariza jo‘natishlari kerak.
May oyi oxirida “IT Park” rezidentlari uchun minimal eksport talablari belgilangandi. Joriy yilning 1-oktabridan eksport yirik rezidentlar umumiy daromadining kamida 10%ini tashkil etishi zarur. Bu miqdor bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Mamlakatda ІT-xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarni xalqaro ІT-bozorga olib chiqish, eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Local to Global” loyihasi amalga oshirilishi belgilangan.
Uning doirasida texnopark tomonidan Janubiy Koreya hamda Yaponiya bo‘yicha tanlovga arizalar qabul qili boshlandi.