30-iyul kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Uchtepa tumani — “Degrez”, “Nishabariq‘”, “Ko‘kcha Oqtepa”, “Jurjoniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Sharq guli”, “Qoryog‘di”, “Istirohat”, “Hondamir”, “Ibrat”, “Beshqayrag‘och” hamda “Jarbuloq” MFYlarning ayrim hududlarida soat 08:00dan 14:00gacha;
- Bektemir tumani — “Iqbol” hamda “Chashma” MFYlarning ayrim hududlarida soat 09:00dan 17:00gacha;
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Energetika vazirligi O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilanganini ma’lum qildi. Xususan, 26-iyul kuni yozgi maksimal sutkalik elektr iste’moli 253,3 mln kVt/soatni tashkil etdi. Anomal harorat sabab, tizimli avariyalar va ommaviy uzilishlarning oldini olish uchun Toshkentda elektr energiyasi iste’moliga cheklovlar kiritildi.
Bu xabardan keyin ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik xabaridagi ma’lumotlar noto‘g‘ri talqin qilinib, kiritilgan cheklovlar haqidagi ma’lumot, elektr energiyasi o‘chirilishi mazmunida tarqaldi.
Kuzatilayotgan issiqlik fonida hududlarda ortiqcha yuklama tufayli avariya holati yuzaga kelish ehtimoli paydo bo‘lsa, o‘sha tarmoq yoki transformator toki sovib olgunigacha qisqa muddat tarmoqdan uzib turilishi mumkin.
1-avgustdan elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi ishga tushiriladi. Bundan tashqari, uning mobil ilovasini ham ishlab chiqish belgilangan.