Xitoy kompaniyasi Toshkent viloyatida elektroskuter ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangiyo‘l tumani hokimi Odiljon Ataullayev Xitoyning “Ecomoto” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda tomonlar tumanda skuter ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolashdi.
Loyiha qiymatida $10 mlnni tashkil etib, buning uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya yo‘naltiriladi. Natijada 50ta doimiy ish o‘rnini yaratish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, loyihada ko‘rsatilgan zamonaviy va raqobatbardosh elektroskuterlar 2025-yilning 2-choragidan boshlab Yangiyo‘l tumanida ishlab chiqarila boshlanadi.
Yil boshida Xitoyning “Lanzhou Guangtong New Energy Automobile” kompaniyasi Andijonda elektrobus va elektroskuterlar ishlab chiqarishni rejalashtiriayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Avvalroq hukumat qarori bilan ayrim qarorlarga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgandi.
Hujjat bilan elektrosamokatlarga 10 km/soat tezlikdan yuqori harakatlanish taqiqlandi. Individual harakatlanish vositalarini boshqarishda odam tashish yoki telefondan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Ularda tashiladigan yuklar uzunligi va kengligi esa 50 smdan oshmasligi kerak.