Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganish va takliflarni qabul qilish uchun QR-kodli stikerlar joylashtirildi. Bu haqda"Uzbekistan Airports" matbuot xizmati xabar berdi.
QR-kodlar uchib kelish va uchib ketish zallarining ko‘zga ko‘ringan joylariga o‘rnatilgan. Yo‘lovchilar ularni telefon yordamida skanerlashlari mumkin va ular so‘rovnomaga yo‘naltiriladi.
So‘rovnomalar uchta — o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlab chiqilgan, har bir yo‘lovchi aeroport faoliyatiga baho berishi va o‘z takliflarini qoldirishi mumkin.
Qayd etilishicha, bu boshqaruv kompaniyasiga yo‘lovchilarning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishga va xizmat ko‘rsatish, navigatsiya va noaviatsiya xizmatlari sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Shuningdek, www.uzairports.com rasmiy saytida ham anketa mavjud bo‘lib, undan havola orqali foydalanish ham fikr-mulohazalarni jo‘natish mumkin.
Bunday QR-kodlarni O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarda o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Iyul oyi boshida Toshkent xalqaro aeroporti kassalarida 15ta aviakompaniya chiptalarini xarid qilish imkoniyati yaratilgandi.