Rossiya hukumati benzin eksportiga cheklovlarni oktabr oyi oxirigacha uzaytiradi. Bu haqda Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Sorokinga tayanib, “TASS” nashri xabar berdi.
Davlat Dumasidagi nutqida amaldor “asosiy qaror” kuzda benzin defitsitining oldini olishga qaratilganligini ta’kidladi. Hozir xorijga dizel yoqilg‘isi yetkazib berishni to‘xtatishning hojati yo‘q, deya qo‘shimcha qildi u.
“Bu oylarda muammolar yuzaga kelmasligi uchun avgust oyida eksport taqiqi bekor qilinmaydi. Ya’ni, avgust oyida benzin eksportiga taqiq qo‘yiladi”, — deya ta’kidladi Sorokin.
O‘tgan hafta Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak benzin eksportiga qo‘yilgan taqiq 1-avgustdan qayta tiklanishini ma’lum qilgandi. Embargo joriy yilning 20-may kuni iyun oxirigacha bekor qilindi, undan keyin ruxsat yana bir oyga uzaytirildi.
Cheklovlarni qaytarish uchun so‘rov energetika vazirligidan kelib tushdi, dedi Novak. Bungacha u Rossiya yoqilg‘i bozori barqarorlashgandan keyin ham AI-95 benzinini yetkazib berish hajmiga sezgirligicha qolishini aytdi.
Taqiqning o‘zi olti oylik muddatga 1 martdan — bahorgi dala ishlari va yozgi ta’til mavsumi boshlanishida joriy etilgan. Shu bilan birga, xalqaro shartnomalar doirasida YeOII mamlakatlari, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga yetkazib berish davom ettirildi.
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 2023-yilning noyabrida Rossiya yoqilg‘i eksportiga qo‘yilgan cheklovlar O‘zbekistonga ta’sir qilmasligini “Spot"ga ma’lum qildi. Ular hukumatlararo maxsus kelishuv bilan tartibga solinadi, dedi u.
Avvalroq yil oxiridan boshlab Buxoro neftni qayta ishlash zavodi AI-91 va AI-92 benzinlarini ishlab chiqarishni oshirishi haqida xabar berilgandi.